Toshkentda kuchli ta'sir qiluvchi moddalar noqonuniy savdosiga chek qo'yildi

0

15 sentyabr kuni Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti vakillari bilan birga Cho'ponota ko'chasida joylashgan dorixonada kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi faktini aniqlashdi.

Ashyoviy dalillar sifatida 138 ta “Regapen” tabletkalari, 94 ta “Zardeks”, 10 flakon “Tropikamid” va 99 ta tabletka “Selofen” olib qo'yildi. Suhbat davomida dorixona ishchilari 19 yoshli Muhammadqodir Z. va 23 yoshli Orifjon L.lar ularga bu dorilarni sotish uchun 36 yoshli Olim U. berganini ma'lum qilishdi.

loading...