Toshkentda yong'in sodir bo'ldi

0

Bugun, 21 sentyabr kuni soat 12:56da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Nodira” MFY Havaskor ko'chasida joylashgan xonadonlarda yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda poytaxt FVB Axborot xizmatmi xabar bermoqda.

 

Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga 4 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 12:59da yetib borib, yong'in soat 13:21da o'rab olingan va soat 13:32 da o'chirilgan.

 

Yong'in oqibatida bir-biriga tutash qurilgan uylarning taxminan 200 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida halok bo'lgan va jabrlanganlar yo'q.

 

Hozirda yong'in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Yuqoridagi kabi ko'ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so'rab qoladi.

loading...