U oddiygina o'qituvchi edi!

0

Qoraqalpog'istonlik o'qituvchi Allaniyaz O'teniyazov (1936-2006) bir umr xayriya ishlarini amalga oshirib o'tdi. U hayotlik chog'ida halol peshona teri bilan to'plagan shaxsiy mablag'i hisobidan ehtiyojmand odamlarga 42 ta uy-joy, 4 ta maktab, 4 ta bog'cha va 4 ta tibbiyot punktini qurib bergan.

 

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog'istonlik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Allaniyaz O'teniyazovning xayot yo'liga katta urg'u berdi.

 

«Xorijiy mamlakatlardagi ko'plab insonlar ham bunday ulkan sahovat va bag'rikenglikka qoyil qolib, Allaniyaz O'teniyazovga xatlar yozishgan.

 

Masalan, argentinalik millioner X.Sapun Allaniyaz og'aga yo'llagan maktubida uning ezgu ishlaridan saboq olib, o'zi ham bundan buyon oddiy insonlarga ko'mak berishga qaror qilganini qayd etadi.

 

Hech shubhasiz, Allaniyaz O'teniyazov o'z eliga sadoqati va saxovati bilan qoraqalpoq xalqiga xos eng yaxshi qadriyatlarni butun dunyoga namoyon etdi», — dedi Mirziyoyev.

Amaldagi prezident Nukus shahrining ko'rkam mavzelaridan biriga Allaniyaz O'teniyazov nomini berishni taklif qildi.

«Bu – barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ish bo'lar edi», — dedi davlat raxbari.

loading...