22 sentyabr kuni Toshkentda «Tungi velosayr» festivali o'tkaziladi

0

Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan poytaxtimizda «Tungi velosayr» festivali o'tkaziladi.

Sayr 22 sentyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi Mahtumquli va Mirzo Ulug'bek ko'chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O'zbekiston» bog'igacha davom etadi.

Velosayr paytida avtomobillar qatnovi to'liq to'xtatilmaydi.

Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari – professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.

loading...