Apple foydalanuvchilarda depressiya va bolalar autizmini aniqlaydigan algoritmlarni yaratmoqda

0

Algoritmlar depressiya va kognitiv funksiyaning pasayishiga oid signallarni iPhone va «aqlli» Apple Watch soatlaridagi jismoniy faollik, uyqu rejimi va matn kiritishdagi holatni kuzatadigan datchiklardagi ma'lumotlarni o'rganish orqali aniqlaydi.

Bundan tashqari, kompaniya Dyuk universiteti bilan hamkorlikda bolalarda autizmni aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotini o'tkazadi. Apple mutaxassislarining rejasiga ko'ra, iPhone kamerasi bolalarning kamera qarshisidagi harakatlarini o'rganib, uni tahlil qila oladi: bolalar diqqatini qanday jamlagan, old-orqaga qanchalik ko'p tebranadi va hokazo.

Hozirda Apple Watch yordamida uyqu javdalini yuritish, uning sifatini kuzatish va u haqda hisobotlarni olib turish mumkin. Shu bilan birga, soatlar yordamida qondagi kislorodlar miqdorini aniqlash va yurak salomatligi bo'yicha xabarnomalar olib turish mumkin.

loading...