Beshariq tumanida fuqarolarning o'qishini ko'chirib berishni va'da qilgan firibgar aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tuman bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazildi.

Unda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan ayol D.X. fuqarolarni aldab, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ularning qo'shni davlatlardagi o'qishlarini O'zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalariga ko'chirib berishni va'da qilib, 7 nafar fuqaroning jami 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...