Bolalar nafaqasi va moddiy yordam olishda qulaylik yaratildi

0

Moliya vazirligi bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish jarayoni yanada qulay bo'lishi uchun maxsus @sr_mf_uzbot Telegram-botni ishga tushirdi.

Ushbu maxsus telegram botda:

➖»Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi haqidagi ma'lumotlar;

➖bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun berilgan arizalarning holati to'g'risida;

➖bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi;

➖bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash rad qilinish sabablari;

➖bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari kabi ma'lumotlar o'rin olgan.

Shuningdek, botga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash bo'yicha eng ko'p kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birga o'zbek va rus tillarida joylashtirilgan.

 

loading...