Ko'chmas mulkni ijaraga berish shartnomalari soliq organlarida hisobga qo'yiladi

0

“Soliq to'lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo'shilgan qiymat solig'ining o'rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (595-son, 22.09.2021 y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko'ra:

➖ xavfga asoslangan yondashuvni qo'llash amaliyoti QQS to'lovchilarni soliq organlarida maxsus ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytiriladi;

➖ intizomli soliq to'lovchilarga o'rni qoplanishi lozim bo'lgan QQS summasini qaytarish tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;

➖ intizomli soliq to'lovchilarning ro'yxati Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantiriladi hamda o'z rasmiy veb-saytida e'lon qilib boriladi.

– QQS to'lovchilarni soliq organlarida maxsus ro'yxatdan o'tkazishda arizalar 7 kun ichida ko'rib chiqiladi.

– Arizani ko'rib chiqish natijalari shu muddatda taqdim etilmaganda, QQS to'lovchiga maxsus ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma avtomatik ravishda beriladi.

2022 yil 1 yanvardan QQS to'lovchilar va ustav jamg'armasida davlat ulushi 50 foizdan ko'proq miqdorda bo'lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:

– asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o'z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog'liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish;

– xo'jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo'q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettirish.

– 2022 yil 1 yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko'chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yiladi. Bunda hisobga qo'yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

– Qaror bilan shuningdek, Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilarini soliq organlarida qo'shilgan qiymat colig'i bo'yicha maxsus ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

loading...