MIB bank foydasiga 537 mln. so'm undirib berdi

0

Majburiy ijro byurosi Davlatobod tuman bo'limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida bank foydasiga 537 mln. so'm kredit qarzdorligi undirildi.
Aniqlanishicha, ikki tomonlama shartnomaga asosan AITB “Ipak yo'li” Namangan filiali hamda ma'suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxonaga 2020 yil 7 oktyabr kuni 500.000.000 so'm kredit mablag'i ajratiladi. Jamiyatga olingan kredit mablag'larini to'lov jadvaliga asosan o'z vaqtida qaytarish majburiyati yuklatiladi. Biroq, jamiyat mutassadilari buni unutishadi go'yo, mablag' o'z vaqtida qaytarilmaydi. Bank tomonidan sudga da'vo kiritildi hamda jamiyatdan jami muddati o'tgan kredit va foiz bo'yicha jami 537 mln. so'm mablag'ni undirish ko'rsatib o'tilgan.
Byuroning Davlatobod tuman bo'limi ish yurituviga olingan hujjat ijrosini ta'minlash maqsadida xarakatlari olib borildi. Qarzdorlikni bartaraf etish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat beriladi. Biroq, ixtiriy muddatda qarzdorlik qoplanmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari olib borildi undirib berilishi ta'minlandi.

loading...