MIBchilar “22-sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun” aksiyasida faol qatnashmoqda

0

Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O'zbekistonda ham aholining sog'ligi va jismonan salomatligi, sog'lom hayot kechirish darajasini kundalik hayotimizga aylantirish zarur ekanligini bugungi davrning o'zi taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2020 yildagi PF-6099-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 19.11.2020 yildagi 735-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Majburiy ijro byurosining markaziy apparati hamda viloyat boshqarmalari, tuman-shahar bo'limlarida tashviqot va sport tadbirlari, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg'ulotlar olib borilmoqda.


Jumladan, tadbir doirasida barcha xodimlar ixtiyoriy ravishda bir kunga barcha turdagi avtomobil vositalaridan voz kechib, ish joylariga va xizmat faoliyati yuzasidan piyoda yoki velosiped orqali amalga oshirmoqda.
Maqsad, xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va ularni jismoniy faolligini oshirishda imkoniyat yaratishdir.

loading...