Nyu-Yorkda Braziliya prezidenti kovidga qarshi emlanmagani sabab ko'chada tushlik qildi

0

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruni COVID-19 ga qarshi emlanmagani sabab Nyu-Yorkdagi restoranga kiritishmadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.

Braziliya rahbari AQShga BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi ishida qatnashish uchun kelgan. Tashkilot binosiga kirish uchun koronavirusga qarshi emlanganlik to'g'risidagi sertifikatga ega bo'lish shart emas, ammo Nyu-Yorkda emlanmaganlar ommaviy ovqatlanish joylariga kiritilmaydi.
Avvalroq Nyu-York meri Bill de Blazio shaharga kelayotgan dunyo yetakchilarini tashrif oldidan emlanishga chaqirgan edi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ham bu bayonot bilan chiqqan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi 14 sentyabr kuni ochildi. Sessiyaning asosiy tadbiri yuqori darajadagi hafta 21 sentyabrdan 27 sentyabrga qadar bo'lib o'tadi. Unda qariyb 110 nafar davlat rahbarlari so'zlaydi.

reuters.com

loading...