Qozog'istonda qarzdor erkak politsiya va sud ijrochilarini otib tashladi

0

Olmaotada favqulodda hodisa yuz berdi: 54 yoshli kishi politsiya xodimlari, sud ijrochilari va qo'shnilariga qarata o'q ochdi.
Hodisa Akbuloq mikrorayonida ro'y berdi.
Ta'kidlanishicha, sudning qarzdorlik to'g'risidagi qarori asosan erkak uydan majburan chiqarib yuborilishi kerak edi. Bunga javoban u qurol olib, uyga kelgan mehmonlarni otishni boshladi.
Natijada besh kishi halok bo'ldi: ikki nafar politsiyachi, sud ijrochi va ikki nafar fuqaro – ulardan biri uyning yangi egasi. Erkak hibsga olindi.
Tergov davom etmoqda.

sputnik kz

loading...