Toshkentda metro poezdining eshiklari yopilmay qolgani sabab yo'lovchilar tushirib yuborildi

0

Toshkent metropolitenining «Chilonzor» yo'nalishida joylashgan «Xalqlar do'stligi» bekatida poezd vagonlaridan birining eshigida nosozlik kuzatildi, deb xabar beradi metropoliten matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, 22 sentyabr kuni soat 08:37 da «Xalqlar do'stligi» bekatida 13-yo'nalishdagi harakat tarkibining 2-vagonidagi 4-eshiklari texnik nosozlik tufayli yopilmay qolgan. Harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo'lovchilar ushbu poezddan tushirilgan. Ortdan kelayotgan 5-yo'nalishdagi harakat tarkibi bir daqiqada yetib kelib, yo'lovchilarni olib ketgan.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun yo'lovchilardan uzr so'raymiz», — deyiladi xabarda.