To'ydan oldin yigitlar qanday tekshiruvlardan o'tishi kerak?

0

Yigitlar to'ydan oldin quyidagi tekshiruvlardan o'tsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

– Infeksiyalarga analiz – Ko'p hollarda bu kasalliklar hech qanday belgilarsiz kechishi mumkin, lekin ular erkaklar jinsiy hujayralari sifatiga jiddiy tasir ko'rsatadi. Shuningdek, bu infeksiyalar ayolga ham o'tib, bo'lajak farzandning sog'ligiga jiddiy xavf tug'diradi.
– Gormonlar tahlili – gormonlardagi o'zgarishlar erkaklarda bepushtlikka olib keluvchi sabablardan biri hisoblanadi. Gormonlar miqdorini qon tahlili orqali aniqlash mumkin.
– Urug'lanish va sog'lom farzand ko'rish ko'p jihatdan erkaklar spermasi sifatiga bog'liq. Spermogramma tahlili orqali urug' hujayralarning sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarini aniqlash, erkaklar jinsiy sog'ligini baholashda katta ahamiyatga ega.

– Erkaklarning jinsiy salomatligi bilan maxsus shifokor urolog-androloglar shug'ullanadi.

SoglomHayot

loading...