Xabarovsk yaqinida bortida 6 kishi bo'lgan samolyot yo'qolib qoldi

0

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahri yaqinida An-26 samolyoti radarlar nazoratidan yo'qolib qoldi. Samolyot bortida olti kishi bo'lganligi aytilmoqda.

Samolyot shahardan 40 kilometr uzoqlikda texnik parvozni amalga oshirayotgan edi. To'satdan u bilan aloqa uzilib qolgan. Hozir samolyot va undagi odamlarning ahvoli noaniqligicha qolmoqda.
Hozirgacha bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra, An-26 «Letnыe proverki i sistemы» kompaniyasiga tegishli bo'lgan. Parvoz aloqa vositalarini tekshirish uchun tashkil etilgan.
Havo kemasini qidirish ishlari hali boshlanmagan.

loading...