Xiva shahriga tezyurar poezd qatnovi yo'lga qo'yiladi

0

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Xorazm viloyatida bo'lib turibdi. Amaldagi davlat raxbari viloyatda turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra:

— Urganchdagi Pahlavon Mahmud va Xivadagi Alleya hududlarida «Turizm ko'chasi» barpo etiladi.

— Xiva shahriga tezyurar poezd qatnovi yo'lga qo'yilib, turistlar oqimi kamida 2 barobarga oshadi.

— «Manguberdi vataniga sayohat» nomli ichki turizm dasturi orqali, har yili 500 mingdan ziyod o'quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish mo'ljallanmoqda.

— E'tibordan chetda qolgan 100 dan ziyod madaniy meros ob'yektlarini restavratsiya qilishga davlat buyurtmasi joriy qilinadi hamda ularga olib boruvchi infratuzilma tiklanadi. Buning uchun, byudjetdan har yili 50 milliard so'm ajratiladi.

— Ichan-qal'adagi Najmiddin Kubro saboq bergan Shayx Kabir masjidi, xonaq́oh va chillaxona rekonstruksiya qilinib, ziyoratgohga aylantiriladi.

— Arab Muhammadxon madrasasidagi 56 mingta eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi muzey tashkil etiladi.

loading...