Xorazmni Qoraqalpog'iston bilan bog'laydigan ko'prik loyihasiga qancha mablag' ajratilgan

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amudaryoda qurilayotgan ko'prikni ko'zdan kechirdi.

Prezident ushbu ko'prik loyihasi bilan o'tgan yili dekabrda Xorazmga tashrifi chog'ida tanishgan, ko'p o'tmay uning qurilishi boshlangan edi. Bugungi kunda qirg'oqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, ko'prikning tayanch ustunlari qurilmoqda.

❗️Loyihaning qiymati 174 million dollar bo'lib, uning evaziga 80 kilometrlik temir yo'l va Amudaryo ustida 413 metr uzunlikdagi ko'prik barpo etiladi.

“Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yanada ko'p yillar xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun birinchi o'rinda sifat. Ajratilgan mablag' kichkina emas. Tajribali mutaxassislarni jalb etib, har bir jihatni o'ylab, elimga, yurtimga deb qurish kerak”, – dedi Mirziyoyev.

Qurilishdan keyin Xorazm viloyati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi o'rtasidagi temir yo'l masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi.

 

loading...