Yo'lovchining vafoti tufayli samolyot Toshkent aeroportiga qo'ndi

0

Islomoboddan Londonga uchayotgan British airways samolyoti bortidagi yo'lovchilarning biri vafot etgani sababli Toshkent aeroportiga majburiy qo'nishni amalga oshirdi.

Xabarda bu haqda Toshkent aeroporti xodimi RIA Novostiga ma'lum qilgani aytiladi.

“British airways aviakompaniyasiga qarashli Boeing-777 Pokiston poytaxti Islomoboddan Londonga parvoz qilayotgan paytda yo'lovchilarning biri vafot etgan, natijada havo kemasi Toshkent aeroportiga qo'nishga majbur bo'ldi», – degan aeroport xodimi agentlikka.

Uning ta'kidlashicha, yo'lovchi ayolning o'limiga dastlabki sabab sifatida yurak xuruji aytilmoqda. Biroq marhuma qaysi mamlakat fuqarosi ekani aytilmadi. Ayni paytda mazkur reys yo'lovchilari Toshkent aeroporti terminallarining birida turibdi va parvozni davom ettirishni kutmoqda.

loading...