2021 yilda Nobel sovrindorlari mukofotni o'z davlatlarida oladi

0

Koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilgi Nobel sovrindorlari mukofot va diplomlarni o'zlari yashayotgan davlatlarda oladi. Bu haqda Nobel jamg'armasi ma'lum qildi.

“Hamma pandemiya tezroq yakunlanishini istayapti, biroq hali bu yuz bermadi. Nobel mukofoti – bu jahon miqyosidagi tadbirdir. Har yil dunyoning turli burchaklaridagi sovrindorlar nomlari e'lon qilinadi hamda pandemiya va sayohatlar uchun imkoniyatlar borasidagi noaniqlik 2021 yilda mukofotlar sovrindorlar vatanlarida topshirilishiga olib keldi”, deb aytgan jamg'arma ijrochi direktori Vidar Xelgesen.

Shu bilan birga, 6-12 dekabr kunlari Stokholm va Osloda mahalliy aholi uchun Nobel marosimi o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Nobel haftasi o'tkazilishi formati haqida oktyabr o'rtasida ma'lum qilinadi. Hafta davomida mukofotlar topshirilishi marosimidan tashqari, an'anaviy Nobel banketi, sovrindorlar ma'ruzalari, seminarlar va konsertlar ham bo'lib o'tadi.

Tinchlik bo'yicha mukofotni topshirish borasida hali bir to'xtamga kelinmagan va Norvegiya Nobel qo'mitasi uni Osloda topshirish imkoniyatini o'zida saqlab qoladi.

Joriy yilda Nobel sovrindorlari quyidagicha tartibda e'lon qilinadi: 4 oktyabrda tibbiyot, 5 oktyabrda fizika, 6 oktyabrda kimyo, 7 oktyabrda adabiyot, 8 oktyabrda tinchlik bo'yicha. 11 oktyabrda esa Shvetsiya davlat bankining mukofot asoschisi Alfred Nobel xotirasi uchun iqtisodiyot bo'yicha mukofoti o'z egasiga topshiriladi.

2020 yilda ham Nobel mukofoti topshirilishi marosimi pandemiya sababli onlayn rejimda o'tgandi.

kommersant.ru

loading...