Alisher Qodirov sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashdi

0

Sirdaryo viloyatida “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostida harakatlanayotgan O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko'rsatilgan nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi.
Unda nuroniy otaxon va onaxonlar, hunarmandlar, sportchilar, partiyaga xayrixoh yoshlar, xotin-qizlar, mahalla faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yangi O'zbekistonda o'tkazilayotgan yangicha saylovlar o'ziga xos piar texnologiyalar asosida tashkil etildi. Bugungi kunda saylovchilarning talabi va istaklari ham o'zgargan. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o'zining saylovoldi tadbirlarida ana shu omillarni hisobga olgan xolda, saylovchining talabiga mos targ'ibot usullaridan foydalanmoqda.

Prezidentlikka nomzodning uchrashuviga ijtimoiy tarmoqlar va flaerlar, ko'cha e'lonlari orqali taklif etilgan saylovchilar ishtirok etdi. Tabiiyki ular o'zlarini qiziqtirgan savollarni hech ikkilanmay o'rtaga tashladi.

Ushbu uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili Farxod Boqiyev kirish so'zi bilan ochib, Alisher Qodirov haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, joriy yilning 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Prezidentlik saylovi O'zbekiston kelajagiga muhim rol o'ynashini ta'kidladi. Ushbu jarayonda saylovchilarni faol ishtirok etishga va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Alisher Qodirovni yakdillik bilan qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

Uchrashuvda Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov o'zining dasturidagi asosiy g'oyalar, tashabbuslar va ilgari surilayotgan takliflari bilan tanishtirar ekan, unga ko'ra beshta yo'nalishga ega bo'lgan saylovoldi dasturi haqida batafsil ma'lumot berdi.

loading...