Bugun Hamid Olimjon haqida hujjatli film premyera qilinadi

0

Bugun Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” studiyasi hamda O'zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Ona yurt kuychisi” hujjatli filmi premyera qilinadi. Kinokartina o'zbek adabiyotining yorqin vakili Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bag'ishlangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan «Xalq yuragi» turkumi ostida tayyorlandi.

Ssenariy muallifi Naim Karimov, rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganov.

Adiblar xiyobonida bo'lib o'tayotgan barcha premyeralar “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo'lib o'tmoqda.

 

loading...