Homiladorlik vaqtida tish oldirish mumkinmi?

0

Homiladorlik vaqtida tish og'risa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Chunki homiladorlikning birinchi uch oyligida bolaning a'zo hamda organlari shakllanadi, shu sababli homilador ayolda bo'ladigan har qanday o'zgarish bolaga jiddiy ta'sir qilishi mumkin.

✅ Homiladorlikning ikkinchi uch oyligi tish og'riganda davolash mumkin bo'lgan eng maqbul davr hisoblanadi. Tish oldirish muolajasini ham aynan mana shu vaqtda amalga oshirish mumkin.

🔷 Homiladorlikda tishni plomba qilish boshqa muolajalarga qaraganda birmuncha xavfsiz hisoblanadi.

❗️Tishni rentgen qilishni esa homilaga nisbatan barcha ehtiyot choralarini ko'rgan holda homiladorlikning 20-haftasidan keyin o'tkazish mumkin.

💢 Homiladorlikni rejalashtirishdan avval stomatolog ko'rigiga uchrab, barcha davo muolajalarini olish tavsiya etiladi.

 

loading...