iPhone 13 Pro Max kamerasi Galaxy S21 Ultra’niki bilan taqqoslandi

0

Ko'plab ssenariylarda smartfonlar deyarli bir xil tasvirga oladi, ammo ba'zi hollarda ranglar uzatmasi va detallardagi farqlar yaqqol ko'zga tashlangan. Masalan, iPhone 13 Pro Max katta zumida vazifani raqibidan yomonroq uddalagan.

Uch karra optik zum yordamida tasvirga olishda esa Galaxy S21 Ultra ortda qolgan, biroq ushbu testda video muallifi g'alabani Samsung smartfoniga topshirgan.

Makro suratga olish rejimida g'olibni aniqlash qiyin bo'lgan. Qurilma suratlarni turlicha qayta ishlaydi, ammo ikkalasi ham mayda detallarni ko'rish imkonini beradi.

Kam yoritilgan sharoitda esa iPhone 13 Pro Max o'zini ko'pincha suratlari sarg'ayib va detallar yo'qolib qoladigan Galaxy S21 Ultra’dan yaxshiroq ko'rsatgan. Lekin mazkur holatda ham bu barcha misollarda yaqqol ko'rinmagan.

Portret rejimida suratga olishda rolik muallifi yetakchilikni tasvirlari ancha haqiqatga mos ranglar jilosi ega va fonni aniq ajratadigan iPhone 13 Pro Max’ga topshirgan.

Ko'cha-ko'yda va bino ichida kundalik suratga olish rejimida iPhone ortiqcha to'yingan ranglarsiz hamda to'g'ri oq balansini namoyish etgan holda yaxshi ranglar uzatuvini namoyish etgan.

Ba'zi hollarda smartfonlarda suratlarni qayta ishlash juda keskin farq qilgan. Kimgadir iPhone surat yoqsa, kimdir Galaxy suratini tanlaydi.

Barcha testlar natijasi qo'shilganida (videoga olish ham) eng ko'p ballni Samsung flagmani to'pladi. Biroq ko'plab taqqoslovlardagi minimal farq mutlaq g'olibni tanlash imkonini bermaydi. Smartfonlar deyarli teng kuchli — har biri o'ziga xos ustunlik va kamchilik bilan.

loading...