Jaloloboddagi portlashda halok bo'lganlar bor

0

Afg'onistonning Jalolobod shahrida yuz bergan to'rtta portlash va otishma oqibatida 5 kishi halok bo'lgan. Bu haqda TOLOnews guvohlarga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, shaharning turli joylarida sodir bo'lgan 4 ta portlash ikki kishining hayotiga zomin bo'lgan, yana uch kishi yaralangan. Bundan tashqari, sobiq ma'muriyatning chegara qo'shinlari bazasi joylashgan hududda noma'lum shaxslar o'q uzgan, natijada yana 3 kishi halok bo'lgan.

Nangarxor muzofoti madaniyat va axborot bo'limi boshlig'ining aytishicha, halok bo'lganlar va yaralanganlarning hammasi oddiy fuqarolar va ushbu hodisalardan «Tolibon» harakati a'zolariga zarar yetmagan. Hozircha hech biror mazkur qo'poruvchilik harakatlarini o'z zimmasiga olmadi.

loading...