Namanganda bojxonachilar 2,2 milliard so'mlik tovarlarni noqonuniy aylanmasiga chek qo'yishdi

0

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan o'zaro hamkorlikda xorijiy mamlakatdan mazkur viloyatda faoliyat yurituvchi korxonalardan birining nomiga keltirilgan import tovarlarini belgilangan tartibda bojxona ko'rigidan o'tkazishdi.

Natijada, yuklar orasida yo'l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko'rsatilmagan, umumiy qiymati salkam 2,2 milliard so'mlik 24 nomdagi xo'jalik mollari hamda avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

loading...