«Ochiq byudjet» loyihalari uchun qo'shimcha mablag' ajratildi

0

Shuningdek, hujjat bilan 2021 yil 1 oktyabrga qadar Fuqarolar tashabbusi jamg'armasida 1 milliard so'mdan kam mablag' shakllangan tuman va shaharlar uchun qo'shimcha 57,9 milliard so'm, «Ochiq byudjet» axborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo'lgan tuman va shaharlarga qo'shimcha 59,5 milliard so'm mablag' ajratiladi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo'yicha ma'lumotlar o'zlarining rasmiy veb-saytlari va «Ochiq byudjet» axborot portaliga joylashtirib boriladi. Mazkur talabning buzilishi byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzish deb baholanadi.

Moliya vazirligiga xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida hududlar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarning tahlillari asosida ushbu jarayonni takomillashtirish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borish vazifasi qo'yilgan.

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi Yoshlar ishlari agentligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tashabbusli byudjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi o'rtasida tizimli ravishda keng yoritib boradi, har bir mahalla va ovulda «Ochiq byudjet» axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga ko'maklashuvchi «mobil» guruhlar hamda «tashabbuskorlar burchagi»ni tashkil etadi.

loading...