Poraning ham turlari ko'p!

0

“Yuz dollar va 12 bosh kurka bolasi”: mudofaa bo'limi rahbari pora bilan qo'lga tushdi.

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'tkazildi. Qorako'l tumani mudofaa bo'limi boshlig'i 1976 yilda tug'ilgan fuqaro Y.O. xizmat mavqeidan foydalanib, o'zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiiste'mol qiladi.

Viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo'limi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun ta'magirlik qilib, o'zining Qorako'l tumani Chekirchi mahallasida joylashgan xonadonida kimyoviy ishlov berilgan 100 dollar va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

JKning 168-modda 3-qismi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

loading...