Qing'ir ishning qiyig'i qirq yilda ham chiqadi

0

«M.D.» MChJning sobiq rahbari R.D. va boshqalar MChJga Qozog'iston Respublikasidan import qilingan hamda o'ziga ishonib topshirilgan umumiy qiymati 387,6 mln so'mlik baliq konserva mahsulotlarini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma'lum bo'lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...