«Sergeli» yo'nalishida metro qatnovi vaqtincha to'xtatiladi

0

Profilaktik ishlari olib borilishi munosabati bilan, «Olmazor» – «Sergeli» yo'nalishida poezdlar qatnovi 25 sentyabr soat 21:00 dan 26 sentyabr soat 07:00 gacha vaqtincha to'xtatiladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» UK Axborot xizmati xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu yo'nalish bo'yicha avtobuslar harakati yo'lga qo'yiladi. Metropoliten yo'lovchilari ushbu yo'nalishdagi avtobuslardan yo'l kira xaqqisiz foydalanishi mumkun.

«Toshkent metropoliteni» UK ma'muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so'ramoqda.

loading...