Surxondaryoda yo'lni kesib o'tayotgan 7 yoshli qizchani Nexia-3 urib yubordi

0

Ma'lum qilinishicha, 18 sentyabr kuni soat 15:00 larda 2014 yilda tug'ilgan qizcha onasi bilan Oltinson tumani hududidan o'tgan 4E-100 avtomobil yo'lining 155-kilometrida Denov—Oltinsoy yo'nalishi bo'yicha harakatlanib kelgan avtobusdan tushib qolgan. Ular avtobusning orqa tarafidan yo'lni kesib o'tishga uringan vaqtida qarama-qarshi yo'nalish bo'yicha harakatlanib kelayotgan Nexia-3 qizchani turtib yuborgan.

Oqibatda qizaloq olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Ta'kidlanishicha, yo'l-transport hodisasiga avtomobil haydovchisining tezlikni me'yoridan oshirgani va qizchaning yo'lni onasi hamrohligisiz kesib o'tishga uringani sabab bo'lgan.

«Onasi qizchasining tug'ilgan kuni munosabati bilan unga maktabga kiyishi uchun kiyim olib beryapti. Kecha tug'ilgan kuni bo'lgan, 1-sinfga borayotgan 7 yoshli qizcha. Onasi bilan avtobusdan tushib yo'ldan o'tayapti, lekin ona bolaning qo'lidan ushlamayapti», — deydi Oltinsoy tumani IIB YHXG katta inspektori Nurbek Begmatov.

loading...