Tramp jiyanini sudga berdi

0

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp jiyani Meri Tramp va The New York Times gazetasini 2018 yilda oilasining boyligi haqida ma'lumot chop etilgan maqolasi uchun sudga berdi. Bu haqda Associated Press (AP) xabar bermoqda.

 

Nyu-York shtati sudiga berilgan da'voda siyosatchi qarindoshini Tramp otasining merosiga tegishli soliq hujjatlaridan ma'lumotlarni oshkor qilib, 2001 yildagi kelishuv shartnomasini buzganlikda ayblagan. Uning fikricha, ayol o'ch olish va siyosiy holatiga ta'sir o'tkazish niyatida bu ishga qo'l urgan. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, merosni tekshirish jarayonida Meri Trampning qo'liga maxfiy ma'lumotlarga ega bo'lgan 40 ming sahifadan ortiq moliyaviy va yuridik hujjatlar kelib tushgan.

 

Shu bilan birga, The New York Times va gazeta jurnalistlari Syuzanna Kreyg, Devid Barstou va Rassel Byuttner o'z manfaati yo'lida ma'lumot olish uchun Trampning jiyaniga bosim o'tkazishda ayblanmoqda.

 

Da'voda ta'kidlanishicha, jurnalistlar bu ma'lumotlarni oshkor qilish taqiqlanganidan xabardor.

 

Sobiq davlat rahbari ayblanuvchilardan 100 million dollar tovon puli talab qilgan.

loading...