O'zbekistonni internet erkin bo'lmagan davlatlar qatorida qoldi

0

O'zbekiston AQShning Freedom House nodavlat tashkiloti tomonidan Internet erkin (not free) bo'lmagan mamlakatlar ro'yxatiga kiritildi. Bu haqda Qalampir.uz tashkilot saytida e'lon qilingan hisobotga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O'zbekiston “Freedom on the Net 2021” (Internetdagi erkinlik 2021) reytingida mumkin bo'lgan 100 balldan 28 ball to'plagan.

MDH davlatlari va sobiq postsovet respublikalari orasida bu eng past ko'rsatkichdir. Masalan, Rossiya – 30, Belarus – 31, Qozog'iston – 33, Ozarbayjon – 35, Qirg'iziston – 53, Ukraina – 62, Armaniston – 71, Gruziya – 77 ball olgan.

Hujjatga ko'ra, O'zbekiston rasmiylari veb-saytlarni blokirovka qilishda va hukumatni tanqid qiluvchilarni hibsga olishda davom etmoqda.

“Hukumat, shuningdek, ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunni o'zgartirib, foydalanuvchilarning ma'lumotlarini lokalizatsiya qilishni talab qildi, bu esa taniqli ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish uchun bahona bo'ldi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etish kerakki, Internetda erkinlikni cheklash bo'yicha Xitoy birinchi o'rinda, undan so'ng Eron va Myanma turibdi.

Eng erkin davlatlar sifatida esa 100 balldan 96, 94 va 87 ball bilan Islandiya, Estoniya va Kosta-Rika ko'rsatilgan .

qalampir.uz

loading...