Yaponiyalik 107 yoshli opa-singillar Ginnesning rekordlari kitobidan dunyodagi eng keksa egizaklar sifatida o'rin oldi

0

Ma'lum bo'lishicha, egizaklar 1913 yil 5 noyabrda Yaponiyaning Sedo, 13 kishilik oilada dunyoga kelgan. Umenoning 4, Kumening esa 3 nafar farzandi bor. Yaqinlarining aytishicha, ularning orasida Kuma irodaliroq, Umeno esa muloyimroq bo'lgan. Yoshligida bir-biridan uzoqda yashagan opa-singillar 70 yil o'tib birgalikda muqaddas joylarni ziyorat qilgan. Ayni vaqtda ular Yaponiyaning turli burchaklaridagi qariyalar uylarida istiqomat qiladi.

Koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab Ginnesning rekordlari vakillari Yaponiyaga bora olmagan, ammo ayollarga sertifikat pochta orqali yetkazilgan. Qariyalar uyida faoliyat yuritadigan xodimning ta'kidlashicha, rekordga kiritilgani tasdig'ini qo'lga kiritgandan keyin Umeno ko'z yoshlarini tiya olmagan. Xotirasi bilan bog'liq muammo jadallashgan Kume esa sertifikatning ahamiyatini to'liq anglay olmagan. Umeno va Kume, 2000 yilda sertifikatni qabul qilgan vaqti 107 yosh-u 175 kunlik bo'lgan opa-singillar Kin Narita hamda Gin Kaniening rekordini yangilagan. Kin 2000 yil yanvarda, Gin esa bir yil o'tib 108 yoshida vafot etgan.

loading...