Bog'chaga qabul qilishda kimlar imtiyozga ega?

0

Maktabgacha tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro'yxati (imtiyozli ro'yxat) yangilangan.

Shunga ko'ra, bolalarning quyidagi kontingenti bog'chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

● I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning bolalari;

● ko'p bolali oilalarning bolalari;

● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari;

● kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

● talabalar va pedagoglarning bolalari;

● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo'lgan bolalar;

● ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o'tkazilayotgan sog'aygan bolalar.

loading...