Burxon Sharopov: «Hindiston san'ati, kinosi bizga judayam yaqin»

0

O'zbekiston Kinematografiya agentligida  «Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan   matbuot konferensiyasi   bo'lib o'tdi.

Festivalda hindistonlik hamkasblariga hamrohlik qilayotgan kinorejissyor Burxon Sharopov kinofestivaldan kutayotgan takliflari haqida aytib o'tdi.

Kinorejissor hind filmlarini alohida ko'rishiga hojat yo'qligini ta'kidladi:

 

—Ming afsuski, pandemiyadan keyin bu kinofestivalda qatnashish barchagayam nasib etmadi. Men shu qatnashuvchilar qatorida bo'layotganimdan judayam baxtliman. Bir rejissyor, shu xalqning ijodkori sifatida Toshkent xalqaro kinofestivalidan umidlarim katta. Lekin meni yana bir quvontirgan jihat bu festivalga kelayotgan hindistonlik kinoijodkorlarga hamrohlik qilaman. Ularga hamrohlik qilish uchun yaratgan filmlarini, aktyorlarini alohida vaqt ajratib ko'rib o'tirishimiz, ma'lumot izlab, internet titkilashimiz shart emas. Sababi, Hindiston san'ati, kinosi bizga judayam yaqin. Ya'ni biz avval ham hind aktyorlarining ijrolarini ko'rib, ulg'aydik, bugun ham ularning filmlarini tomosha qilib boryapmiz. Shu bois ham xuddi qadrdonlarimizdek bo'lib qolgan ushbu xalq bilan kinofestivalda yonma yon bo'lishimdan xursandman. Shu bahonada Hindistondik hamkasblarimga yanada yaqinroq bo'laman. Xudo xohlasa, kinofestivalga keladigan rejissyorlar bizning aktyorlarni, biz esa ularning aktyorlarini tanlab, katta filmlarning loyihalariga qo'l uramiz deb o'ylayman, deydi kinorejissyor.

loading...