«Ikki damas bir-biri bilan to'qnashdi» deb aytilgan video yuzasidan ma'lumot

0

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, ikki damas bir-biri bilan to'qnashdi deb aytilgan video yuzasidan ma'lumot.

-Joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, Norin tumani, Xaqqulobod-Cho'ja avtomobil yo'lining 23-kilometrida haydovchi, 1996 yilda tug'ilgan I.M. boshqaruvidagi «Damas» hamda haydovchi, 1957 yilda tug'ilgan O.T. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo'lgan.

-Natijada, haydovchi I.M. shifoxonaga murojaat qilgan.

-Mazkur YTH yuzasidan Norin tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilyashlarini so'raymiz.

loading...