NATOning ikkita harbiy kemasi Qora dengizga kirdi

0

Ispaniya harbiy dengiz flotiga qarashli «Rayo» patrul kemasi hamda Italiya harbiy dengiz flotining mina qidiruvchi «Viarejio» kemasi Qora dengizga kirdi, deyiladi Rossiya mudofaa vazirligining axborot va ommaviy kommunikuatsiya departamenti tarqatgan xabarda.
Qora dengiz floti kuchlari NATOga a'zo davlatlarning ushbu kemalari harakatini nazorat qilishga kirishdi, deyiladi xabarda.

Iyul oyida Rossiya tashqi ishlar vazirligi Qora dengizdagi vaziyat sun'iy ravishda keskinlashtirilayotganini ta'kidlagandi.

Bosfor va Dardanel orqali kemalar qatnovi 1936 yilda imzolangan Montre bitimi bilan muvofiqlashtirilib turiladi. Mazkur hujjatga ko'ra, barcha mamlakatlarning savdo kemalari tinch davrda ham urush davrida ham kurfazdan erkin o'ta oladi. Biroq harbiy kemalar uchun boshqacha rejim o'rnatilgan. Masalan, Qoradengizga tutash bo'lmagan mamlakatlarning harbiy kemalari turiga qaraladi hamda dengizda bo'lib turish muddati ham cheklangan.

loading...