Navoiyda boshqaruvni yo'qotgan Nexia ag'darilib ketdi. Haydovchining salonda bo'lgan 75 yoshli onasi vafot etgan

0
Navoiy viloyatining Nurota tumanida Nexia-2 haydovchisi e'tiborsizligi sabab boshqaruvni yo'qotishi oqibatida avtomobil ag'darilib ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, Jizzax viloyatiga tegishli bo'lgan Nexia-2 rusumli avtomobil Forish—Nurota yo'nalishi bo'yicha harakatlanib kelayotib, haydovchi tezlikni hisobga olmagani natijasida yo'lning xavfli burilish qismida ag'darilib ketgan.

Yo'l transport hodisasi oqibatida haydovchining mashina ichida yo'lovchi sifatida ketayotgan 1946 yildan tug'ilgan onasi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nurota tumani IIB Tergov bo'limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...