Olamshumul yangilik! AQShdagi barcha kimyoviy qurollar yo'q qilinishi mumkin

0

Pentagon 2023 yilning oxirigacha AQShdagi barcha kimyoviy qurollarni yo'q qilishni rejalashtirgan, dedi harbiy mahkama rahbari yordamchisining o'rinbosari Brendi Venn qurollar ustidan nazorat Assotsiatsiyasi tashkil qilgan anjumanda.
REGNUM xabariga ko'ra, eng so'nggi muddat – 2023 yilning 31 dekabri hisoblanadi.

Bu Kongress tomonidan belgilangan muddat, lekin Pentagon kimyoviy qurollarni taqiqlash bo'yicha xalqaro Konvensiyaga muvofiq bu ishni 2023 yilning sentyabridayoq tugatmoqchi.

Amerika harbiy mahkamasi vakilining aytishicha, Shtatlar kimyoviy qurollarining 97 foizini rasman yo'q qilgan. Qolgan uch foizning yo'q qilinishi belgilangan jadvalga ko'ra davom etmoqda.

loading...