Rishton tumanida Tojikiston mablag'i hisobidan qurilgan bog'cha ochildi

0

2018 yilning mart oyida O'zbekiston prezidentining Tojikistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuv asosida Tojikiston mablag'lari hisobidan Farg'ona viloyati Rishton tumanida qurilgan maktabgacha ta'lim tashkilotining 24 sentyabr kuni ochilish marosimi o'tkazilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O'zbekiston muxbiri.

Ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Ta'lim va fan vaziri Imomzoda Muxammadyusuf Saidali boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. Farg'ona viloyati Rishton tumani Uch ariq MFY hududida zamonaviy loyiha asosida 2 qavatli quvati 200 o'ringa mo'ljallangan “Kapalak” nomli maktabgacha ta'lim tashkilotida qurilish ishlari 2021 yil sentyabr oyida ishlar yakunlandi. Yangi ochilgan 63-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tanlov asosida jami 53 nafar xodimlar qabul qilgan bo'lib, bulardan 12 nafari Oliy ma'lumotli pedagok xodimlar hisoblanadi.

 

loading...