Samarqandda yana yangi universitet ochiladi

0

Viloyatda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 69 foizdan 82 foizga yetkaziladi. Kelgusi besh yilda 38 ta yangi maktab quriladi, 711 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi, 155 mingta qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratiladi.

Bundan tashqari, barcha shahar va tumanlarda IT-ga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilib, ularda 50 mingdan ziyod yoshlar qamrab olinadi.

Oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 50 foizga yetkaziladi (hozir – 33 foiz).

Samarqand shahrida 20 ming talabaga mo'ljallangan “Yoshlar shaharchasi” barpo etilib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetlarning filial va kampuslari joylashtiriladi.

Samarqand davlat universitetini jahonning mingta nufuzli oliygohlari qatoriga kirish dasturi amalga oshiriladi.

Etakchi texnika universitetlari bilan birgalikda Samarqand texnologiya universiteti tashkil etiladi.

loading...