So'galni qanday davolash mumkin?

0

So'gal odatda papillomavirus infeksiyasi natijasida yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda so'gallarni olib tashlashning quyidagi usullari mavjud:

– Jarrohlik. So'gal mahalliy og'riqsizlantirilgan holatda jarrohlik asboblari yordamida olib tashlanadi. Yara 1-2 hafta ichida tuzaladi, lekin ko'pincha chandiq qoladi.

– Elektrokoagulyatsiya. Neoplazma hujayralari elektr toki bilan o'ldiriladi. 2-3 kundan keyin so'gal joyida qobiq paydo bo'ladi. 5-7 kundan keyin yo'qoladi, kamdan-kam hollarda chandiq hosil bo'ladi.

– Lazer. So'galni olib tashlashning bu usuli og'riqsizdir, asoratlarni keltirib chiqarmaydi va iz qoldirmaydi. Jarayon mahalliy narkoz ostida amalga oshiriladi va bir necha daqiqa davom yetadi.

So'galdan qanday qutulish to'g'risida qarorni shifokor qabul qilishi kerak. So'galni o'z-o'zidan olib tashlash infeksiyani terining sog'lom qismlariga tarqalishiga olib kelishi mumkin.

SoglomHayot

loading...