Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

0

O'zbekiston Kinematografiya agentligida  «Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan   matbuot konferensiyasi   bo'lib o'tdi.

Jurnalistlar uchun o'ziga xos muloqot maydoni hisoblangan matbuot konferensiyasida  jurnalistlar tadbir tashkilotchilari, aktyor va rejissyorlar bilan o'zaro fikr almashish, yuzma-yuz muloqot qilish imkoniga ega bo'ldi.

Matbuot anjumanida Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov  jurnalistlarga    kinofestival doirasida o'tkazilayotgan  “Kino — 5 kunda” ko'rik-tanlovi maqsadi va mazmun-mohiyati haqida   to'xtaldi.