Toshkentda reyd: yonida giyohvand modda olib yurgan va qidiruvda bo'lgan shaxslar aniqlanmoqda

0

IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, poytaxt ko'chalaridagi tekshiruvlar davomida:

– 2021-yil 23-sentyabr kuni soat 00:10 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M.Shamshiyev va J.To'raboyevlar tomonidan Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahri hududiga kirib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomobil to'xtatilib tekshirilganda, salonda bo'lgan yo'lovchi, 1995-y.t. O.N. o'zining ko'rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg'otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro O.N.ga tegishli bo'lgan paket ichidan, gugurt qutisiga joylashtirilgan, qog'oz parchasiga o'ralgan, yashil rangli, o'tkir hidli, quritilgan o'simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.N. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

– 2021-yil 23-sentyabr kuni soat 14:10 larda, Yunusobod tumani, Mustaqillik shoh ko'chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Nishonboyev va G'.Saidqosimovlar tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobil to'xtatilib, haydovchi, 1991-y.t. R.J.ning ma'lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro R.J. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, 2021-yil 19-iyul kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.J. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

loading...