O'zbekistonda qaysi viloyat mansabdorlari eng ko'p korrupsiya sodir etgani aniqlandi

0

O'zbekistonda 2020 yil davomida eng ko'p qaysi viloyat mansabdor shaxslari korrupsion jinoyat sodir etgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma'lum bo'lishicha, Antikorrupsiya agentligi tomonidan mamlakatning milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarining kompleks tahlili o'tkazilgan. Unda 2020 yil davomida qaysi viloyat mansabdorlari eng ko'p korrupsiya sodir etgani aniqlangan.

 

Shuningdek, ma'lumotlar ushbu davrda jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar faoliyat yuritgan hududlar kesimida ochiqlangan:

 

Toshkent viloyati — 245 ta;

Samarqand — 173 ta;

Jizzax — 170 ta;

Surxondaryo — 130 ta;

Farg'ona — 152 ta;

Namangan — 109 ta;

Andijon — 100 ta;

Qashqadaryo — 95 ta;

Sirdaryo — 85 ta;

Xorazm — 79 ta;

Toshkent shahri — 78 ta;

Qoraqalpog'iston — 78 ta;

Navoiy — 51 ta;

Buxoro — 19 ta.

loading...