Bolalarning og'iz bo'shlig'ida oq toshmalar toshishiga sabab nima?

0

Stomatit – bu og'iz bo'shlig'ining shilliq pardalarida (lablar, til, yonoqlarning ichki yuzasi, tish go'shti) yallig'lanish jarayoni bilan kechadigan kasallik. Bunday paytda bolada quyidagi shikoyatlar kuzatiladi:
– og'riq
-achishish
-shish
-og'iz bo'shlig'ining qizarishi
– og'izdan noxush hid kelishi
– ko'p so'lak ajralishi
-oq toshmalarning paydo bo'lishi
– tana haroratining ko'tarilishi

– Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablar quyidagilar:
– og'iz bo'shlig'iga infeksiya, bakteriyalar tushishi
– travmatik holat
– oshqozon ichak faoliyatining buzilishi.

– Chaqaloqlarda bu holat ko'p uchraydi, chunki bu yoshda bolalar og'ziga har xil narsalarni soladi. Kasallikning bir nechta turlari mavjud. Davolash uchun pediatr va stomatolog ko'rigidan o'tish kerak.

SoglomHayot

loading...