Braziliya prezidenti ikkinchi muddatga nomzodini qo'yishni rejalashtirmoqda

0

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru 2022 yil oktyabrda o'tadigaan prezident saylovlariga ikkinchi muddatga nomzodini qo'ymoqchi. Siyosatchi bu haqda Veja nashrida chop etilgan intervyusida ma'lum qildi. 

“Kurashishni rejalashtirmoqdaman. Yagona quvonchli tomoni shuki, bu kursini kommunist egallamayapti”, deb ta'kidlab o'tgan Bolsonaru va prezident lavozimi unga mamnunlik olib kelmayotganini qo'shimcha qilgan.

Bolsonaruning aytishicha, u hozircha saylovlarda qaysi partiyadan ishtirok etishi borasida bir to'xtamga kelmagan. U, shuningdek, o'ziga mos vitse-prezident izlashda davom etmoqda. Qonunga ko'ra, saylovlarda prezident va vitse-prezidentlikka nomzodlar birgalikda ishtirok etadi.

“U qolgan vazifalardan tashqari, ovozlar jalb qila olishi kerak. Menga bu lavozimga Minas-Jerays shtati yoki shimoli-sharqdan biror kimni tanlash taklif qilinmoqda”, deb aytgan Bolsonaru. Uning fikricha, hozirgi o'rinbosari, iste'fodagi general Antoniu Gamilton Mouraudan “yaxshi senator chiqishi mumkin”. Braziliya prezidenti Mourau yetarli siyosiy vaznga ega bo'lmasa-da, navbatdagi saylovlarda o'z o'rinbosari sifatida yana uni tanlashi mumkinligini aytgan.

Bolsonaru 2022 yilgi saylovlarda sobiq prezident Luis Inasiu Lula da Silva prezident bo'lishga eng ko'p imkoniyatga egaligini ko'rsatayotgan tadqiqotlarga ishonmasligini aytgan. “So'rovnoma boshqa masala, haqiqat esa boshqa”, deb ta'kidlab o'tgan siyosatchi.

66 yoshli Bolsonaru Braziliya prezidenti lavozimini 2019 yil yanvardan beri egallab keladi.

tass.ru

loading...