Gripp va koronavirusdan himoyalanish uchun tavsiyalar

0

Avvalo , bugungi pandemiya sharoitida gripp va o'tkir respirator virusli infeksiyalarga ro'baro' bo'lmaslik har birimiz uchun juda muhim.
Boisi gripp va pnevmoniya chaqiruvchi virusli xastaliklarning koronavirus bilan birgalikda kelishi bemorda kasallikning yanada og'ir kechishiga sabab bo'ladi. Shu bois, barchamiz, eng avvalo, yurtimizda o'rnatilgan karantin qoidalariga qat'iy amal qilishimiz lozim.

– Qolaversa, aholidan koronavirus infeksiyasi va grippga qarshi emlash tadbirlarida faol qatnashishlarini so'rayman. Bu esa mamlakatimizda epidemik vaziyat barqarorligini ta'minlash, o'zimiz va yaqinlarimiz salomatligini asrashda muhim sanaladi.

– Shuningdek, kimda shamollash va koronavirus infeksiyasi belgilari kuzatilsa, avvalo, oila shifokoriga murojaat qilishlari va mutaxassis tavsiyasiga ko'ra, davo muolajalarini olishlari lozim. Bu bilan nafaqat ular o'zlariga, balki “Tez yordam” xizmatining samarali ishlashiga ham katta yordam beradi.

SSV Matbuot xizmati

loading...