Moskvada migrantlarga yordam beruvchi tashkilot rahbari ushlandi

0

Moskvaning Sheremetyevo aeroportida migrantlarga yordam berish bilan shug'ullanuvchi Tong Jahoni notijorat tashkiloti rahbari Valentina Chupik ushlandi. Bu haqda «Novaya gazeta» xabar berdi.

«Sheremetyevo aeroportidagi maxsus xonada o'tiribman. Meni qaerga olib borishlarini bilmayman, hujjatlarimni olib qo'yishgan», — degan Chupik.

Asli O'zbekiston fuqarosi bo'lgan Valentina Chupikning qo'shimcha qilishicha, FXX xodimlari u Rossiya hududida qochqin maqomidan mahrum etilganini ma'lum qilgan.

Shuningdek, unga 2051 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan. Chupik O'zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

loading...