Oltinchi «Afrosiyob» tezyurar poezdi Rossiyadan O'zbekistonga yo'l oldi

0

«Afrosiyob» rusumli zamonaviy tezbrar poezdlarning oltinchisi Rossiyadan O'zbekiston tomon yo'l oldi, deb xabar qilmoqda O'TY matbuot xizmati.
Bugun Moskva vaqti bilan soat 05:00 da mazkur «Afrosiyob» zamonaviy elektropoezdi Rossiyadan O'zbekistonga yo'l oldi. Poezd sentyabr oyining so'nggi kunlarida O'zbekistonga yetib keladi, – deyilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan «Afrosiyob» tezyurar poezdi O'zbekistonga ilk bor 10 yil oldin olib kelingan edi. Mustaqillik bayramining 30 yilligi arafasida ana shunday zamonaviy poezdlar soni 5 ta yetkazilgan edi.

loading...